Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Baxtiyor Saidov uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Smita Pantdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
“Hindistonning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozdi vazir o‘zining telegram kanalida.
Uchrashuvda, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlar muhokama qilingan.







