Toshkentda Cobalt piyodani urib yubordi
Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani Cobalt avtomashinasi haydovchisi urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 iyun kuni soat 13:55 atrofida 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi N.K. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtda, Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy ko‘chasida yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda D.X.ni urib yuborgan.
Ushbu YTH natijasida piyoda D.X. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







