Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Bugun, 4-iyun kuni soat 18:40 larda Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida Nexia-3 rusumli transport vositasining motor qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.







