Qirg‘izistonda mamont suyaklari topildi
Endi ular muzeyga eksponat sifatida topshiriladi.

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati sharqida, Jirg‘alon daryosining tekisligida mahalliy aholi mamont qoldiqlarini topdi.
Suyaklar ikki xil, lekin bir-biridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, uch-besh metr chuqurlikdagi qum va shag‘al konlarida topilgan. Arxeologlar mamontga tegishli pastki jag‘ning bir qismini va tish qoldiqlarini qazib olishdi.
Odatda suyaklar quyosh taʼsirida tezda parchalanadi, shuning uchun mutaxassislar mamont qoldiqlarini voqea joyida tozalab, saqlab qolishdi. Endi u muzeyga topshirilishi xabar qilingan.







