Salomatlik

Qon quyuqlashishi insult va infarkt xavfini oshiradi

Bunga ko‘pincha sovqotish, qattiq asabiylashish va qandli diabet sabab bo‘lishi mumkin.

Qon quyuqlashishi insult va infarkt xavfini oshiradi

Ko‘pchiligimiz hayotda bir marta bo‘lsa ham qon tahlili topshirganmiz. Yoki ayrim kishilar betob bo‘lganida vena orqali inyeksiya qabul qilgan. Shu paytda baʼzilar o‘zining qoni to‘q rangga kirib, quyuqlashganiga guvoh bo‘ladi.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu holatga eʼtiborsiz bo‘lish aslo mumkin emas. Aksincha, qon tahlillari orqali uning quyuqlashgani aniq bo‘lgach, o‘z vaqtida davolanish lozim. Aks holda turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

 

— Qon – inson tana aʼzo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan taʼminlaydi, — deydi oliy toifali shifokor Nazokat Oripova. — U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki aʼzolar faoliyatida ishtirok etadi. Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning buzilishiga olib kelishi, oqibatda esa yashirin kasalliklar yuzaga kelishi yoki yangilari paydo bo‘lishi mumkin.

 

Qon quyuqlashishiga ko‘pincha sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fastfud va turli qovurma taomlarni ko‘p isteʼmol qilish sabab bo‘ladi. Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining ko‘tarilishi yoki keskin pasayishi va organizmdagi ayrim o‘zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.

 

Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kabi simptomlar kuzatiladi.

 

Qolaversa, yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud. Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.

 

Qon holatini tekshirish uchun shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish lozim. Agar tibbiy teyeshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi meʼyordan ortiq ekani maʼlum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.

 

Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuq bo‘lishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib keladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Qon quyuqlashishi insult va infarkt xavfini oshiradi | Zamon.uz