Rossiyalik kosmonavt koinotda 1000 kun yashadi
U shu tariqa koinotda uzoq vaqt qolgan ilk odam bo‘ldi.

Fevral oyida Kononenko orbitada umumiy qolish rekordini yangilagandi. O‘shanda u koinotda jami 878 kun bo‘lgan va boshqa rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaning natijasini ortda qoldirgan.
Maʼlumot uchun, Oleg Kononenko 1964-yil 21-iyunda Turkmanistonning Chardjou shahrida tug‘ilgan. U 1996–1998 yillarda Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazida umumiy kosmik tayyorgarlikdan o‘tgan.
Kononenko o‘zining birinchi kosmik parvozini 2008 yilda, ikkinchisini 2011-2012 yillarda, uchinchi va to‘rtinchisini 2015 va 2018-2019 yillarda amalga oshirgan.
U 2016-yildan beri Rossiya kosmonavtlar otryadini boshqarib keladi.







