Toshkentda o‘qituvchi pora bilan qo‘lga olindi
O‘qituvchi ayol fuqaroni o‘zi ishlayotgan maktabga yuqori lavozimga ishga o‘tkazib qo‘yish uchun undan pul olgan.

Maʼlum qilinishicha, 2024 yilning yanvar oyida Sergeli tumanidagi maktablarning birida faoliyat olib borayotgan ayol o‘zi ishlayotgan maktabga yuqori lavozimga ishga o‘tkazib qo‘yish uchun fuqarodan 200 dollar olgan.
“Shuncha yillik pedagoglik faoliyatimda bu kabi holat birinchi marta yuz berayotgani, o‘zim tushunmagan holda aralashib qolganimni eʼtiborga olishlaringizni so‘rayman. Hech qachon bunday bo‘lmagan, bu birinchi va oxirgisi. Ming afsusdaman, sizlardan uzr so‘rayman", — deydi pora olgan o‘qituvchi.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Sergeli tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Unga ko‘ra, ayblanuvchi JKning 59 va 61-moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil muddatga davlat taʼlim muassasalarining rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi hamda 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.







