Toshkentdagi o‘quv markazda o‘g‘rilik yuz berdi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Joriy yilning may oyida nomaʼlum shaxs Uchtepa tumanidagi o‘quv markazining kirish eshigini buzib kirib, telefon va noutbukni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda shahar IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 30 yoshli M.K. aniqlanib, qo‘lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.







