O'zbekiston

Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi

Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.

Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi

4 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yashnobod tuman sudi 42 yoshli bloger Murod Maxsudovni 7,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. 

 

Poytaxt sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining “a” va “g” bandlari (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilingan tuhmat), 165-moddasi 2-qismining “b” bandi (Ko‘p miqdorda tovlamachilik) va 167-moddasi 2-qismining “b” va “g” bandlari (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

 

Shu bilan birga, sud Murod Maxsudovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari (Ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) bo‘yicha aybsiz deb topdi va reabilitatsiya qildi.

 

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi | Zamon.uz