Lifestyle

Charlz III rasmi tushirilgan pullar muomalaga chiqarildi

Yangi banknotalar eskirganlarini almashtirish uchun zarb qilinadi.

Charlz III rasmi tushirilgan pullar muomalaga chiqarildi

Buyuk Britaniyada qirol Charlz III tasviri tushirilgan banknotalar muomalaga chiqarildi. Monarx portreti 5, 10, 20 va 50 yevrolik pullarda aks ettirilgan. 

 

Dizaynda boshqa o‘zgarishlar yo‘q. Yelizaveta II tasviri tushirilgan banknotalar qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qoladi va muomalada bo‘lishda davom etadi.

 

Angliya bankining aniqlik kiritishicha, yangi banknotalar eskirganlarini almashtirish uchun yoki talab ortgan taqdirda chop etiladi. Yondashuv Qirollik xonadonining tavsiyalariga mos keladi.

 

Charlz III banknotalari 5 iyun, chorshanba kuni muomalaga chiqdi.

 

Charlz III rasmi tushirilgan pullar muomalaga chiqarildi | Zamon.uz