Isroil G'azodagi maktabga hujum qildi
Oqibatda 32 kishi halok bo'lgan.

Isroil harbiylari maktabga hujum uyushtirilganini tasdiqladi. Ularning iddao qilishicha, bu binoda 7 oktyabr kuni Isroil janubidagi aholi punktlariga hujumda ishtirok etgan “HAMAS” va “Islom jihodi” terrorchilari harakat qilgan.
“Hujum orqali yaqin kelajakda teraktlar uyushtirishga ko‘maklashuvchi bir guruh terrorchilar yo‘q qilindi”, — dedi harbiylar.
Qo‘shimcha qilinishicha, maktabga hujumdan oldin tinch aholiga zarar yetkazmaslik maqsadida qator choralar ko‘rilgan.







