Meksikalik erkakda parranda grippi aniqlandi
U shundan so‘ng shifoxonada vafot etgan.

Mexiko shtatining 59 yoshli fuqarosi parranda grippiga chalingani aniqlandi. Bu insonda ushbu virus bilan kasallanishning birinchi holati.
17-aprel kuni erkakda isitma, nafas qisilishi, diareya, ko‘ngil aynishi va umumiy bezovtalik paydo bo‘lgan. 24-aprel kuni bemor shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng u og‘ir asoratlar tufayli vafot etgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti viruslar Meksikada parranda go‘shtidan topilganini qayd etdi. Mutaxassislar mavjud maʼlumotlarni tahlil qilib, aholining parranda grippi bilan kasallanish xavfini past deb baholagan.







