“Saidaziz medgorodok” 6 ta modda bo‘yicha ayblanmoqda
Saidaziz Saidaliyev va boshqa shaxslarga nisbatan sud kuni belgilandi.

“Adolat” axborot tizimlari kompleksining sud majlislari jadvaliga ko‘ra, “Saidaziz medgorodok” hamda yana 28 kishiga nisbatan sud majlisi 11 iyun kuni soat 10:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida bo‘lib o‘tadi.
Sudlanuvchilarning aksariyati tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, pora berish, o‘g‘rilik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish kabi qator jinoyatlarda ayblanmoqda.
Jumladan, Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 165-moddasi 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (Pora berish), 242-moddasi 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandi (Bezorilik), 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.







