Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
Tashrif davomida qo‘shma hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Yun Sok Yol 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentga rafiqasi hamrohlik qiladi.
Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif 13-15 iyun kunlariga mo‘ljallangan. Yun Sok Yol Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjat imzolanishi kutilmoqda.
Ta‘kidlanishicha, Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat kabi ko‘plab inqirozlar fonida mintaqaning ahamiyati ortib bormoqda.







