Jizzaxda erkak mahalladoshi tomonidan o‘ldirib ketildi
Uning jasadi daladan topilgan.

Ijtimoiy tarmoqda Jizzaxdagi dalada bir erkakning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgani aks etgan video tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, hodisa Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumandagi "Qorabdolota" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.p. mahalladoshi S.R. tomonidan tosh bilan yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.
Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir jarohat yetkazish) 3-qismi “D” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







