Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, YTHga uchradi
Hodisa oqibatida haydovchi vafot etgan.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Lacetti daraxtga urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Holat bugun, 7-iyun kuni 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 26 yoshli haydovchi B.T. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.







