Samarqandda Tracker itni bosib ketdi
Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda Tracker haydovchisi yo‘lda yotgan itni bosib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, mazkur harakat Samarqand shahrining Anhor mahallasida yashovchi 56 yoshli fuqaro tomonidan sodir etilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







