Surxondaryoda Nexia yonib ketdi
YHXB holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Nexia yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Hodisa 7-iyun kuni soat 17:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani “Beshbuloq” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia rusumli transport vositasini “Jarqo‘rg‘on-Kakayda” yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘lning o‘ng tomoniga to‘xtab, chapga qayrilib olish vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-2‘ning harakat yo‘nalishiga chiqib ketib to‘qnashgan.
Hodisada Nexia-2 rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkala transport vositasida bo‘lganlarda tan jarohati va o‘lim holatlari kuzatilmagan.







