Toshkentda Captiva odam urib yubordi
Piyoda voqea joyida vafot etgan.

Bugun, 8-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 00:10 larda Yashnobod tumani Do‘stobod MFY Sultonali Mashhadiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi K.S. Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1985-yilda tug‘ilgan piyoda E.X.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.







