Salomatlik

Yozda oftob urishidan qanday himoyalanish kerak?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Yozda oftob urishidan qanday himoyalanish kerak?

Bahor faslining yomg‘irli kunlaridan so‘ng yurtimizda issiq yoz mavsumi boshlandi. Ushbu jazirama faslda oftob urishi, xalq tili bilan aytganda dam o‘tishi eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri. Shu bois undan saqlanish uchun bir necha tavsiyalarga amal qilish lozim.

 

— Har bir faslning inson salomatligi uchun ijobiy va salbiy taʼsirlari bor, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov. — Xususan, yozda quyosh tig‘ida uzoq vaqt bosh yalang va badanni himoya qilmagan holda qolish — oftob urishiga sabab bo‘ladi.

 

Afsuski, ko‘pchilik bu holatga “biroz dam o‘tibdi” deya bepisandlik bilan qaraydi. Aslida esa unga eʼtiborsiz bo‘lish, jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Chunki quyosh urishi — eng xavfli holat bo‘lib, u tashqi termal omillar taʼsirida organizmning umumiy qizib ketishi va haroratni meʼyorda ushlab turish qobiliyatini yo‘qotishi natijasida yuzaga keladi.

 

Uning asosiy belgilari quyidagilar:

 

— Kuchli bosh og‘rig‘i;

— Terlashning to‘xtashi, teri quruq va qizargan bo‘lishi;

— Tez va kuchli yurak urishi;

— Tez-tez nafas olish;

— O‘tkir nafas qisishi;

— Bosh aylanishi;

— Qusish yoki ko‘ngil aynishi.

 

Og‘ir holatlarda esa bemorda alahsirash kuzatiladi. Tana harorati, hatto, 41-42 darajagacha ko‘tarilishi, chuqur behushlik holati kuzatilishi mumkin.

 

Bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga ko‘chirib o‘tkazish lozim. So‘ng gorizontal holda yotqizilib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo‘llangan matoni yurak sohasiga qo‘yish kerak. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Sababi quyosh urgan insonga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.

 

Issiqlik urishining oldini olish uchun bir necha tavsiyalarga amal qilish lozim. Xususan, jazirama kunlarda organizm ko‘p suv talab qiladi. Shu bois suvsizlanishning oldini olish uchun kuniga 3 litr miqdorda suyuqlik ichish (sovutilgan ko‘k choy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yog‘li sutli ichimliklar) lozim. To‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlanish, undan himoyalovchi kremlar, ko‘zoynaklar hamda soyabonlardan foydalanish kerak.

 

Ko‘chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matodan tikilgan yengil liboslar va issiqdan saqlaydigan bosh kiyim kiyish zarur. Chunki ular organizmni sovutish va ultrafinafsha nurlardan himoyalashga yordam beradi. Havo harorati yuqori bo‘lganda og‘ir jismoniy ishlarni cheklash va ko‘proq yopiq joylarda bo‘lish maqsadga muvofiq.

 

Yosh bolalar, keksa kishilar va surunkali xastaliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish aʼzolari, metobolik va ruhiy xastaliklar) bilan og‘riydigan bemorlar issiqlik urishiga ko‘proq moyil. Shu sababli ular salomatligini muntazam kuzatib borish muhim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Yozda oftob urishidan qanday himoyalanish kerak? | Zamon.uz