Fransiyada 9 yoshli qiz universitetga kirmoqchi
U shu tariqa tarixdagi eng yosh abituriyentga aylandi.

Fransiya taʼlim vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, qizaloq bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish uchun Milliy masofaviy taʼlim markazida ro‘yxatdan o‘tgan.
Qiz talabaga aylanishi uchun matematika, fizika va kimyo fanlarini o‘rganishi kerak. Biroq uning yoshida fransuz bolalari odatda boshlang‘ich maktabda o‘qiydi.
Vazirlik qiz kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirsa ham uning yoshi universitetda o‘qishga to‘sqinlik qilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 13 yoshga to‘lmagan bola o‘qishga kirish uchun ariza topshirgandi, biroq uning arizasi ham qanoatlantirilmagan.







