Inna va Arash Andijonga kelmoqda
Xonaboddagi festivalga jahon yulduzlaridan kimlar taklif etilgani aytildi.

Avvalroq Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro estarada sanʼati festivali o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Tadbir bo‘yicha viloyat hokimligi qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, festival tadbirlariga taklif etilishi mumkin bo‘lgan, gala konsertda uchratish ehtimoli bo‘lgan sanʼatkorlar haqida matbuot xizmati tomonidan (matnli ro‘yxat emas) videolavha havola etilgan.
festivalga ushbu videodagi xonandalardan Inna va Arash taklif etilgan. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Jony ham festivalda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‘zbek estaradasining yorqin yulduzlari festivalga tashrif buyurishlari kutilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan xonandalar haqidagi matnli ro‘yxat, kelishuv mablag‘lari, marxum sanʼatkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan maʼlumotlar emas. Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha nomaʼlum.
festival arafasida tadbir bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi va barcha OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.







