O'zbekiston

Qozog‘istonda avtomobil yonib ketdi

Lada Largus rusumli  avtomashina ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Qozog‘istonda avtomobil yonib ketdi

Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lada Largus avtomobilida yong‘in chiqdi.

 

Voqea 8-iyun kuni soat 11:45 da Atirau viloyati, Makat tumani hududidan o‘tuvchi Atirau-Aqto‘be respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 31-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Rossiya—O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan Lada Largus rusumli avtomashinada sodir bo‘lgan yong‘in soat 12:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Avtomobil ichida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Yong‘in oqibatida Lada Largus mashinasi haydovchisi jarohat olmagan, qolgan ikki nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish jarohati bilan Atirau viloyat kasalxonasiga yotqizilgan.

 

Haydovchi va jarohat olganlarning shaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qozog‘istonda avtomobil yonib ketdi | Zamon.uz