Bugun Prezident videoselektor o‘tkazadi
Yig‘ilish energiya resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tadi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilish energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tadi.







