Makron parlamentni tarqatib yubordi
Mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkaziladi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat Milliy assambleyasini tarqatib yubordi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
“Men muddatidan oldin parlament saylovlarini eʼlon qilaman”, dedi Makron.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu bilan fransuzlarga parlament kelajagini saylovlar orqali hal qilish huquqini berish niyatida.
“Bu qaror jiddiy va qiyin, lekin birinchi navbatda bu ishonch harakati”, deya qo‘shimcha qildi mamlakat prezidenti.
Saylovlarning birinchi turi 30-iyunga, ikkinchi turi esa 7-iyulga belgilangan.







