O'zbekiston

Nega odamlar jaziramada issiq choy ichadi?

Bu qanchalik to‘g‘ri? Mutaxassis maʼlumot berdi.

Nega odamlar jaziramada issiq choy ichadi?

Choy – o‘zbek xalqining sevimli ichimligi. Yilning qaysi mavsumi bo‘lmasin, hatto yozning issiq kunlarida ham choy ichishni kanda qilmaydi. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri?

 

— Yozning issiq kunlarida issiq choy ichish organizmning ichki haroratini muvozanatlashga yordam beradi, — deydi Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Abdusattarova. — Issiq choy ichganda tana terlash orqali o‘z-o‘zini sovitadi va bu salqinlikni his qilishga olib keladi.

 

Issiq choyning ko‘plab foydalari bor, jumladan:

 

— Choy antioksidantlar bilan boyitilgan, bu esa hujayralarni zararli moddalardan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.

 

— Issiq choy hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi va bu jarayonni yengillashtiradi.

 

— Ko‘plab choy turlari tinchlantiruvchi taʼsirga ega bo‘lib, stress va asabiylikni kamaytiradi. Masalan, moychechakli choy uyquni yaxshilashga yordam beradi.

 

— Zanjabil choyi immun tizimini mustahkamlaydi, sovqotish va infeksiyalarga qarshi kurashadi.

 

— Choy yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilab, qon bosimini pasaytiradi.

 

— Baʼzi choylar metabolizmni tezlashtiradi, bu esa ozishga ko‘maklashadi.

 

— Issiq choy organizmdagi oqsillarni yaxshi yutilishini taʼminlaydi va tanaga oziq moddalarni yaxshiroq singdirishga hissa qo‘shadi.

 

Yoz chillasida issiq choy ichishning baʼzi zararli tomonlari ham bor:

 

Agar odamni tez-tez uyqu buzilishi, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi bezovta qilsa, eʼtiborini isteʼmol qilayotgan choy miqdori va turiga qaratishi zarur. Ichimlik tarkibida yuqori miqdordagi kofein uyqusizlikka sabab bo‘lishi va o‘rganib qolishga olib kelishi mumkin.

 

Issiq ichimliklar baʼzi odamlar uchun hazm qilish muammolarini keltirib chiqarishi ehtimoli ham bor. Ichimlik tarkibidagi oshlovchi moddalar qonda temir konsentratsiyasi pasayishiga hamda hazm qilish yo‘llarining shikastlanishiga sabab bo‘ladi.

 

Choy — peshob haydovchi ichimlik, u organizmdagi suyuqlikni chiqarib yuboradi. Shu bois haddan tashqari issiq choy ichish tanani suvsizlantirishi mumkin.

 

Shunday ekan, yoz oylarida issiq choy ichishdan avval organizmning o‘ziga xos xususiyatlari, kasalliklarga moyilligi, tabiiy ehtiyojlarini hisobga olish muhim.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nega odamlar jaziramada issiq choy ichadi? | Zamon.uz