Turkiyalik erkak plastik operatsiya bilan 30 yoshga yoshardi
Uni hatto yaqinlari ham taniy olmayapti.

Turkiyalik plastik jarrohlar bemorning qiyofasini shu darajada o‘zgartirib tashladiki, endi uni hatto yaqinlari, shu jumladan, onasi ham taniy olmayapti.
Operatsiyadan oldingi va keyingi suratlar X ijtimoiy tarmog‘ida tarqalib, millionlab o‘quvchilar eʼtiborini tortdi. Internet foydalanuvchilarining aytishicha, bemor kamida 30 yoshga yoshargan.
“Biz bemor Mayklda yuz va bo‘yinni ko‘tarish, pastki va yuqori ko‘z qovoqlariga blefaroplastika, yonoqlardagi yog‘larni olib tashlash, rinoplastika va soch ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘tkazdik”, — deydi shifokorlar.
“Hech kim bir vaqtning o‘zida 8 ta operatsiyani boshdan o‘tkazishga jurʼat etolmaydi. Bu odam endi 30 yoshga yoshroq ko‘rinadi”, — deyiladi internetdagi izohlarda.







