Alisher Uzoqov kinoga qaytmoqda
U syomka jarayonlarini sog‘iganini aytdi.

Aktyor uzoq yillardan beri kinolarda ko‘rinish bermay qo‘ygandi. U kuni kecha Instagram orqali yangi “Yo‘l” nomli serialda rol ijro etayotganini maʼlum qildi.
Alisher Uzoqov syomka jarayonlarini sog‘inganini aytib, hozirda professional kinoijodkorlar jamoasi bilan ishlayotganini bildirdi.
Yangi serial Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan suratga olinmoqda. U tez kunlarda premyera qilinadi.







