“Emaklab bo‘lsa ham sahnaga qaytaman”
Selin Dion ijodga qaytish niyatida.

Selin Dion og‘ir kasal bo‘lishiga qaramay, sahnaga qaytishni xohlamoqda. Bu haqda u Amerika telekanallaridan biriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Men emaklab bo‘lsa ham sahnaga qaytaman. Shunchaki imo-ishora qilib bo‘lsa ham qo‘shiq kuylashim kerak. Men buni uddalay olaman”, – deydi ijrochi.
Eslatib o‘tamiz, xonanda davolab bo‘lmaydigan nevrologik kasallik – mushaklarning qotib qolish sindromiga chalingan. Bu hatto uning yurishiga ham xalaqit beradi.
Xastalik sabab Selin Dion so‘nggi ikki yil davomida konsert bermadi. Bundan tashqari, rejalashtirilgan 40 ga yaqin konsertini bekor qildi.







