O'zbekiston

Toshkent va Andijon shahrida “Mayning ferma” aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent va Andijon shahrida “Mayning ferma” aniqlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani va Andijon shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chingiz Aymatov” ko‘chasida yashovchi A.R. o‘z uyining yerto‘lasida 4 ta to‘plamdagi “Antminer” va “Bitmain Technologies” mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 236,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navbahor” hamda “Hamkorlik” MFY hududidagi xonadonda yashovchi 2 nafar fuqaro o‘z uylarida jami 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 159,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.