O'zbekiston

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Anqara shahriga tashrifi va Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

TDTning 13-sammiti doirasida tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar kengashi turkiy davlatlar o‘rtasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Kengash huzuridagi davlat va hukumat rahbarlari rafiqalaridan iborat Oliy faxriy kengashning ilk yig‘ilishi “Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: Turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

 

Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida qizlarning zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Ayolning bilimi va mehnati qadrlangan, oilada o‘zaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi, – dedi Birinchi xonim.

 

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham takliflar bildirdi. Bolalar va o‘smirlar uchun xavfsiz internet muhitini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

 

So‘zining yakunida Ziroat Mirziyoyeva yig‘ilishni tashkil etgani uchun Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdog‘anga tashakkur izhor etdi. Qabul qilingan qarorlar oilalar xotirjamligi, xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar va bolalar farovonligiga xizmat qilishiga umid bildirdi.

 

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Haydovchi e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, YTHga uchragan.