O'zbekiston

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qaroriga muvofiq, 1-noyabrdan chorrahalar va qayrilib olish joylari yaqinida yo‘l chiziqlarini bosib harakatlangan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi o‘zgaradi.

 

Unga ko‘ra, chorrahagacha bo‘lgan 50 metr va qayrilib olish joylarigacha bo‘lgan 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yo‘l yotiq chiziqlarini bosib harakatlanganlik uchun Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.

 

Shuningdek, qaror bilan haydovchilarning transport vositasini boshqarish va yo‘lovchilarni tashish vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish qurilmalari orqali aniqlashga ruxsat berildi.

 

Ya’ni endilikda xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari nafaqat YPX xodimlari, balki texnik talablarga javob beradigan va ma’lumotlarni “Ma’muriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda uzatish imkoniyatiga ega maxsus qurilmalar orqali ham qayd etilishi mumkin.

 

Qarorda statsionar, ya’ni qo‘zg‘almas radarlar joylashgan hududlarda yo‘l belgilarini o‘rnatish talabi ham belgilangan. Unga ko‘ra, radar joylashgan hududda va undan 250 metrdan kam bo‘lmagan, 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada 5.43 yo‘l belgisi o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.