Lifestyle

Pavel Durov Qirg‘izistonga keldi

U  “Uch cho‘qqi” yirik turizm loyihasi doirasida muzokaralarga taklif qilingan.

Pavel Durov Qirg‘izistonga keldi

Telegram messenjeri va VKontakte ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov Qirg‘izistonga keldi. 

 

Pavel Durovning tashrifi tafsilotlari hali ochiqlangani yo‘q. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiylari Durovni Issiqko‘lga taklif qilgan, ular tadbirkorni yirik loyihaning potensial investori sifatida ko‘rishgan.

 

Taʼkidlanishicha, hozirda hokimiyat “Uch cho‘qqi” loyihasiga sarmoya kiritish uchun shart-sharoit yaratmoqda. 

 

Loyiha Issiqko‘l viloyatidagi uchta tog‘ cho‘qqisini qamrab oladigan tog‘-chang‘i majmuasini qurishni ko‘zda tutadi: Jirg‘alon, Oq-Buloq va Bo‘z-Uchuk. Rejaga ko‘ra, bu joylarda umumiy uzunligi qariyb 200 km bo‘lgan chang‘i yo‘laklari barpo etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"