Teylor Sviftning konserti zilzilaga sabab bo‘ldi
U 6 km uzoqlikda ham sezilgan.

7—9 iyun kunlari Shotlandiyada xonanda Teylor Sviftning navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Uning konsertiga shunchalik ko‘p odam keldiki, ular qarsak sadolari va raqslar bilan zilzila keltirib chiqarishdi.
Qayd etilishicha, seysmik faollik konsert joyidan 6 km uzoqlikda ham sezilgan. Zilzila ijodkorning “Ready for it” nomli qo‘shig‘i kuylanayotgan payt avj nuqtasiga chiqqan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Sviftning muxlislari taxminan 80 kVt energiya ishlab chiqarishgan, buni 6 mingta avtomobil akkumulyator kuchi bilan solishtirish mumkin.







