Toshkent hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Bu haqida poytaxt hokimligi maʼlum qildi.

Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
1989 yilda tug‘ilgan B.Xaydarov shu kunga qadar Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Sanjar Tadjiyev Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
1981 yilda tug‘ilgan S.Tadjiyev bunga qadar Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, “The Mob” MCHJda bosh direktor lavozimida ishlagan.







