O‘zbekistonga oltita tezyurar poyezd xarid qilinadi
Bu bo‘yicha Hyundai Rotem kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan oltita tezyurar poyezd xarid qilish bo‘yicha 195,7 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Shuningdek, ikki davlat temiryo‘l operatorlari poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentga Toshkent va Xiva o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish loyihasi taqdim etilgani xabar qilingandi.
Xivaga 7 soatda yetib borish mumkin bo‘lishi kutilmoqda.







