Toshkentda avtobus butunlay yonib ketdi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Bugun, 15-iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Mercedes-Benz rusumli avtobus yonib ketdi.
Holat soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda Mercedes-Benz rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, avtobusning gidrostat qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.







