Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi
To‘qnashuv 3 ta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan.

Qozog‘iston hududidan o‘tgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi.
Odam o‘limi bilan bog‘liq mazkur hodisa joriy yilning 15-iyun kuni ertalabki soat taxminan 6:30 larda sodir bo‘lgan. Atirau viloyati politsiya departamenti xabariga ko‘ra, YTHda KamAZ, PAZ 32053 va Daewoo Nexia avtomashinalari ishtirok etgan.
“Hodisada Daewoo Nexia haydovchisi bo‘lgan 1973-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.







