Lifestyle

Yaponiyada qorinni to‘ydiruvchi ichimlik yaratildi

U ichilgandan so‘ng oshqozonda jelega aylanadi.

Yaponiyada qorinni to‘ydiruvchi ichimlik yaratildi

Yaponiyaning Morinaga kompaniyasi ochlikni bir zumda qondira oladigan ichimlik ishlab chiqardi. Mahsulot kompaniyaning rasmiy veb-saytida taqdim etilgan. Ichimlikda imon va greyfurt taʼmi mavjud. U kofeinni o‘z ichiga olmaydi va stressni yengillashtiruvchi vosita sifatida ham isteʼmol qilish mumkin. 

 

Ushbu mahsulot ish vaqtida ovqatlanishga vaqt topolmaydiganlar yoki ko‘p asabiylashadigan insonlar uchun qo‘l keladi. U ichilganidan so‘ng oshqozonda jelega aylanadi va to‘qlik hissini paydo qiladi.

Yaponiyada qorinni to‘ydiruvchi ichimlik yaratildi | Zamon.uz