Endi hokimlar mahalliy Kengashlarga raislik qilmaydi
Bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid bo‘lgan qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, endilikda mahalliy Kengashlarga rais aynan deputatlar orasidan saylanadi. U o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi belgilanyapti.
Tuman-shaharlarga hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganda bo‘lg‘usi hokim mahalliy Kengash deputatlariga ushbu hududni rivojlantirish dasturini taqdim etish shartligi aniq-tiniq yozib qo‘yilyapti.
Shuningdek “Kengash so‘rovi”, “Kengash tekshiruvi” kabi yangi institutlar kiritilyapti.







