Farg‘onalik erkak masjidda tanishini pichoqlab qo‘ydi
U giyohvand modda taʼsirida bo‘lgan.

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi masjidda erkak tahorat olayotgan tanishini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqida Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, erkak jabrlanuvchining bosh, bo‘yin, ko‘krak va qorniga bir necha marotaba pichoq sanchib, voqea joyidan qochib ketgan. Pichoqlangan fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab uning hayoti saqlab qolingan.
“Ayblanuvchi kuchli taʼsir qiluvchi modda isteʼmol qilgani uchun sarhush holatda bo‘lgan. Unga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi”,– deyiladi xabarda.







