O'zbekiston

Toshkentda bir guruh fuqarolar janjallashdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda bir guruh fuqarolar janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Qayd etilishicha, 20 iyun tungi soat 00.30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida 1998 yilda tug‘ilgan Sh.B., 2001 yilda tug‘ilgan A.K., 1991 yilda tug‘ilgan O‘.Z., 2002 yilda tug‘ilgan F.A. o‘zining tanishi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. bilan o‘zaro janjallashib ketishgan va J.R.ni qo‘l bilan urib tan jarohati yetkazishgan.

 

Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to‘qimalari lat yeyishi jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o‘zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan.

 

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. protsessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to‘pponcha ko‘rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda tergov davom etmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda bir guruh fuqarolar janjallashdi | Zamon.uz