Yaponiyalik erkak g‘ayrioddiy o‘simlik yetishtirdi
U shu tariqa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Yaponiyalik fuqaro o‘z bog‘ida o‘stirgan 63 bargli o‘simlik tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rekordni qo‘lga kiritish uchun unga 12 yil kerak bo‘ldi.
Yoshixaru Vatanabe 2012-yilda beda yetishtirishga qiziqib qolgan. U dastlab o‘simlik gulbarglari soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishni maqsad qilib, shu biznes bilan shug‘ullangan.
“Odamlar to‘rt bargli beda omad keltiradi deyishadi. Men 63 bargli beda odamlarga hayrat va quvonch keltirishini xohlayman”, deydi erkak.
U o‘zi istagan natijaga erishish uchun bedani tabiiy changlatish kombinatsiyasidan foydalangan.







