Lifestyle

Amerikalik erkak o‘rmonda adashib, 10 kun undan chiqolmadi

U bu vaqt oralig‘ida yovvoyi mevalar yeb, jon saqlagan.

Amerikalik erkak o‘rmonda adashib, 10 kun undan chiqolmadi

11-iyun, seshanba kuni Lukas MakKlish ismli erkak o‘rmonga sayohat qilish maqsadida borib, unda adashib qoldi.

 

Sayyoh o‘rmon bo‘ylab o‘n kun kezib yurdi, bu vaqt oralig‘ida yovvoyi rezavor mevalaridan yeb jon saqladi. 5 kundan so‘ng u bu qiyinchiliklarga bardosh bera olmasligini tushunib yetib, taqdirga tan bergan.

 

Qutqaruvchilar dron yordamida bedarak yo‘qolgan odamni oxirgi marta ko‘rilgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan sharshara yonidan topishdi. U yaralangan va charchagan holda, ammo tirik topildi.

 

Erkak sayohatga chiqishdan oldin yaqinlariga qayerga borishini aytmagani uchun uni qidirib topish ishlari qiyinlashgan.

Amerikalik erkak o‘rmonda adashib, 10 kun undan chiqolmadi | Zamon.uz