O'zbekiston

Metroda sovitish tizimi ishlamayaptimi?

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Metroda sovitish tizimi ishlamayaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda metropolitenning yer usti yo‘nalishidagi harakat tarkiblarida sovitish tizimi ishlamayotgani haqida xabarlar joylanmoqda. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, “Yer usti xalqa yo‘li” yo‘nalishida harakatlanayotgan harakat tarkiblarining sovitish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilgan. Ishchi guruh tarkibiga Rossiya Federatsiyasidan ham 15 dan ziyod soha mutaxassislari jalb etilgan. Ushbu mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda tizimli taʼmirlash va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Hozirgi vaqtda “Yer usti xalqa yo‘li” yo‘nalishida 10 ta harakat tarkibi harakatlanmoqda va shundan 8 tasi joriy yilda xarid qilingan poyezdlar bo‘lib, ularning sovitish tizimi havo harorati +50 daraja issiqqacha belgilangan norma bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega. 

 

Bundan tashqari, yana boshqa mavjud 2 ta harakat tarkiblari o‘tgan yillar davomida olib kelingan bo‘lib, asosan yerosti metro bekatlarida harakatlanishiga mo‘ljallangan hamda ularning sovitish tizimi harorat +40 darajagacha bo‘lgan issiqda ishlashga mo‘ljallangan. 

 

Shu sababli jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan bu harakat tarkiblarining sovitish tizimlarining uskunalari modernizatsiya qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yuzaga kelayotgan bu kabi kamchiliklar yaqin kunlar ichida to‘liqligicha bartaraf etilishi maʼlum qilingan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Metroda sovitish tizimi ishlamayaptimi? | Zamon.uz