Toshkent viloyatida “Mayning ferma” aniqlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatining Chirchiq va Ohangaron shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, fuqarolar N.R., A.T. va boshqalar “Umid” hamda "O‘nqo‘rg‘on" MFY hududidagi xonadonlarda 19 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 105,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







