Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqariladi
Loyiha Xo‘jaobod tumanida amalga oshirilmoqda.

Andijonda maishiy chiqindilardan olingan gazdan elektr energiyasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqida viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bu loyiha Xitoying “Clean water and blue sky” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. U 250 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi 30 gektar yer maydonlarida ishlab chiqarish korxonalari joylashadi.







