Bugun Prezident Jizzaxga boradi
Davlat rahbari Zomindagi festivalda qatnashadi.

Bugun, 27 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi.
Shuningdek, davlat rahbari Zomin tumanida II Xalqaro maqom sanʼati festivalining tantanali ochilishida ishtirok etadi.







