Salomatlik

JSST dunyoda transyog‘lar isteʼmolini butunlay taqiqlamoqchi

Maʼlumotlarga ko‘ra, transyog‘lar yurak xuruji va o‘lim xavfini oshirmoqda.

JSST dunyoda transyog‘lar isteʼmolini butunlay taqiqlamoqchi

Dunyoda tezpishar taomlarga talab hamon yuqori. Ayniqsa, yoshlar orasida! Shu bois “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, qovurilgan kartoshka frisi, chips hamda turli qandolatlarning bozori chaqqon.

 

Ammo ushbu mahsulotlar tarkibida transyog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi. Bu esa mutaxassislarni jiddiy xavotirga solyapti.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan yangi hisobot ayni shu muammoga qarshi global tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.

 

Xususan, JSST oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va tayyorlovchi tadbirkorlarni transyog‘lardan voz kechishga chaqirmoqda. Bu borada hukumatlarga ham tegishli talablar bor.

 

Tashkilot masʼul xodimi Franchesko Brankaning qayd etishicha, transyog‘lar yurak xuruji va o‘lim xavfini oshirayotgani sir emas. Yiliga 278 mingdan ortiq kishining hayotdan ko‘z yumishi ayni shu zararli “masalliq” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Aslida, hozir 53 mamlakat sanoat usulida ishlab chiqarilgan transyog‘larga qarshi kurash bo‘yicha ilg‘or usullarni qo‘llamoqda. Bu qariyb 3,7 milliard odamning salomatligini himoya qilish imkonini beradi.

 

2023 yilda shunday cheklovlar yettita davlat — Misr, Meksika, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Filippin, Moldova va Ukrainada kuchga kirdi.

 

2024 yil yanvar oyida JSST beshta davlat – Daniya, Litva, Polsha, Saudiya Arabistoni va Tailandga sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lardan voz kechish bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini taqdim etdi.

 

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, agar bunday ilg‘or amaliyotlar yana sakkizta mamlakatda joriy etilganida, bu xavfli mahsulot bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini 90 foizga kamaytirish mumkin edi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

JSST dunyoda transyog‘lar isteʼmolini butunlay taqiqlamoqchi | Zamon.uz