Salomatlik

Dunyoda 1,8 mlrd kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

Bu bo‘yicha tadqiqot natijalari eʼlon qilindi.

Dunyoda 1,8 mlrd kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

JSST tomonidan 2022 yili bu borada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari yaqinda Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida eʼlon qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2010-2022 yillar oralig‘ida kattalar o‘rtasida jismoniy faollik darajasi 5 foiz pasaygan. Agar bu tendensiya davom etsa, 2030 yilgacha kamharakatlik ko‘rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.

 

Hozir bu borada eng murakkab vaziyat Osiyo-Tinch okeani mintaqalari (48 foiz) va Janubiy Osiyo (45 foiz)da kuzatilyapti.

 

Jismoniy faollik susayishi ayollar orasida ko‘proq qayd etilmoqda. Qolaversa, 60 yoshdan oshganlar bu muammo bilan tez-tez ro‘baro‘ kelishyapti.

 

Shunga qaramay, ijobiy natijalar ham bor. Tadqiqotda aniqlanishicha, keyingi o‘n yil ichida dunyo davlatlarining deyarli yarmi bu yo‘nalishda maʼlum yutuqlarga ham erishgan.

 

Mazkur anʼana shunday davom etsa, 2030 yilga kelib, 22 mamlakat kamharakatlik darajasini 15 foizga qisqartirishga erisha oladi.

 

Shundan kelib chiqib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haftasiga 150 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik bilan shug‘ullanishni tavsiya qilmoqda. Yoki 75 daqiqalik kuchli jismoniy faollik ham buning o‘rnini bosa oladi.

 

Aks holda, kamharakatlik infarkt, insult, 2-tur qandli diabet, demans, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.